Trening shartlari

O'qish shartlari Davomiyligi: 6 oy Boshlanish vaqti: 13 oktyabr Dars vaqti: kunduzgi bo'lim (A-1 guruhi)- 14:30 – 17:25, kechki bo'lim (A-2 guruhi) – 18:45 – 21:40, duchanbadan chorshanbagacha. O'qish narxi: kunduzgi bo'lim (A-1 guruhi) – 2 200 000 so'm, kechki bo'lim (A-2 guruhi) – 2 800 000 so'm. O'qish rus tilida olib boriladi. Yapon ma'ruzachilarining ma'ruzalari ham rus tiliga tarjima qilinadi. Davomat, imtixonlarni o'z vaqtida topshirish va biznes rejani ximoya qilish majburiy hisoblanadi. RMR haqida ko'proq ma'lumotni qaerdan olishim mumkin? RMR ga yozilish davomida turli xil bepul brifing va mahoratlik darslari olib boriladi. Brifingga yozilish uchun onlayn so'rovnomani to'ldirish lozim. Brifing 1: 11 iyul, 2014 (18:45 – 20:40) Brifing 2: 7 avgust (18:45 – 20:40) Brifing 3: 13 avgust (18:45 – 20:40) Brifingga yozilganligiz haqida tasdiqlovchi elektron habarni 3 ish kuni mobaynida olasiz.