"Setsubun" mavzusiga taqdimot

3 fevral, oy taqvimi bo'yicha, qish fasli tugab bahor kirib kelishidan bir kun oldin. Shu munosabat bilan Yaponiyada "Setsubun" 節分 deb atalmish, barcha yomonlik keltiruvchi narsalarni haydab, omad va baxtni chorlash marosimi o'tkaziladi. 

Sizlarni tadbirimizda qatnashishga taklif etamiz. JICA ko'ngillisi (Sharqshunoslik instituti qoshidagi akademik litseyi yapon tili o'qituvchisi) janob Sawai Kosuke, ushbu marosim paydo bo'lish tarixi haqida gapirib beradilar, shuningdek sizda o'z qollaringiz bilan "Oni"鬼 niqobini tayyorlash imkoniyati bo'ladi.  

 

Sana:

 07 fevral (ch.)

O'tkazilish vaqti:

 14:30-16:00

Joyi:

 O'zbekiston-Yaponiya Markazi

КIshtirokchilar soni:

 30 kishi 

Qatnashish sharti:

 to'lov talab etilmaydi, oldindan ro'yxatdan o'tish lozim.

Murojaat uchun:

 Go'zal, Sabina

Telefonlar:

 (998-71) 120-73-94 / 95