O‘zbekiston respublikasi miqyosidagi yapon tili notiqlik san’ati tanloviga umumiy qabul

O‘zbekiston respublikasi miqyosidagi yapon tili notiqlik san’ati tanloviga umumiy qabul

Ushbu qabulda hozir yapon tilini hech qaysi o‘quv muassasasida o‘rganmayotganlar (va bundan avval o’qib tamomlaganlar) qatnasha oladi. Ushbu bosqich g‘olibi (1 kishi) 2018-yil 11-mart kuni bo‘lib o‘tadigan 26-Respublika miqyosidagi yapon tili notiqlik san’ati tanlovida ishtirok etadi.

ISHTIROK ETISH SHARTLARI

  1. 2018-yilning 1-martiga qadar 17 yoshga to‘lgan bo‘lish
  2. Ona tilisi yapon tili bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari yoki O‘zbekistonda 10 yildan ortiq yashab kelayotgan shaxslar
  3. Yaponiyada yashagan muddati 90 kundan oshmaslik
  4. Respublika tanlovida 3 marta ishtirok etmagan bo‘lish
  5. O‘tgan 3 yil mobaynida Respublika va Markaziy Osiyo tanlovida 1-3 o‘rin sohibi (sohibasi) bo‘lmagan bo‘lish

*Litsey va kolledj talabalari ishtirok eta olmaydilar

MATN XUSUSIDA

Matn mavzusi erkin bo‘lib, 5 daqiqaga mo‘ljallangan bo‘lishi lozim.
Kerakli hujjatlar 23-fevral (juma.) 17:00 ga qadar, O‘zbekiston-Yaponiya Markazi xodimi Khaydarova Nafisaga shaxsan topshirilishi yoki elektron pochta orqali jo’natilishi lozim.

KERAKLI HUJJATLAR

  1.   Tanlovda qatnashish anketa-so‘rovnomasi: Anketani Markazning 6-qavatidagi qabulxonasida, hamda Markaz saytida yuklab olishingiz mumkin.
  2.   Nutq matni: MS Word  formatida CD/DVD diskda topshirilishi lozim.
  3.   Nutqning videoyozuvi: Diskdagi yozuv 5 daqiqadan oshmasligi shart. Videoyozuvni DVD diskgda topshiring shart.

TANLOV SHARTLARI

Nomzodni 26-notiqlik san’ati tanlovi qo‘mitasi a’zolari baholaydilar. Baholash mezoni Respublika tanlovi shartlari bo‘yicha o‘tkaziladi.

 

Ma’lumot uchun tel: 235-1328, 234-0583, 234-5068
e-mail: nigora@ujc.uz, Khaydarova Nigora