Kurs haqida ma'lumot

Markazimizda bolalar va kattalar uchun quyidagi yapon tili kurslari mavjud:

Boshlang`ich daraja 1 (1 yil) 

Boshlang`ich daraja 2 (1 yil) 

O`rta daraja (1 yil)

        Yuqorida ko`rsatilgan, muntazam olib boriladigan yapon tili kurslaridan tashqari yana bir qator qisqa muddatli qo`shimcha kurslar hamda to`garaklar mavjud. Darslarni tajribali o`qituvchilar bilan birgalikda Yaponiyada malaka o`shirib qaytgan yosh g`ayratli o`qituvchilar, shuningdek yaponlar olib boriladilar. Kursni Yaponiya Fondi tomonidan yuborilgan yapon tili o`rgatish bo`yicha mutaxassis nazorat qilib boradi.

      Yapon tili kurslari Yapon tilini o`rgatish va o`rganishni rivojlantirish maqsadida turli tadbirlanrni uyushtirib kelmoqda. Jumladan, yapon tilini bilish darajasini aniqlovchi attestatsion imtihon “Nihongo noryoku shiken”,  Respublika miqyosidagi yapon tilini o`rganayotgan bolalar uchun “Yosh nihollar” tanlovi, Markaz tinglovchilari uchun “Yapon tili bayrami”, Yaponiyadan maxsus taklif etilgan professor ishtirokidagi o`quv-seminarlari va h.k.z. Shuningdek, Markazimiz yapon tili o`qituvchilar uyushmasini qo`llab quvvatlagan holda, u bilan hamkorlikda, har yili o`tkazilib kelinayotgan “yapon tilida notiqlik san`ati tanlovi”ni va bir qator tadbirlarni o`tkazib kelmoqda. Shuningdek, Markazimiz turli tashkilot va muassasalarga yapon tilini o`rganish bo`yicha konsultativ yordam berib kelmoqda. Yapon tilini organishni xohlovchilar soni kundan-kunga ortib bormoqda, 2015 yil sentabr oyidagi statistik ma`lumotlarga ko`ra,  Markaz tinglovchilari soni 243 kishini tashkil etmoqda. 

Ma'sul shaxs: Nafisa Khaydarova

E-mail: nafisa@ujc.uz, Tel: 234-5068, 234-0583