Sport kuni

15 sentabr UJC Toshkentda Yaponiyaning sport kuniga bag’ishlab sport tadbiri o’tkazildi. Bu tadbirda beysbol o’yini ko’rgazmasi bo’lib o’tdi.   

O’zbekistonda beysbol o’yinini ko’pchilik bilmaydi va beysbol komandalari yo’q. Bu tadbirdan maqsad, Toshkent aholisini beysbol o’yini tanishtirish edi. Ishtirokchilar orasida beysbolni televizor orqali ko’rganlar ham bor edi.

Ko’rgazma tennis raketka va to’pi yordamida mini-futbol maydonida o’tkaildi. Shu sababli ishtirokchilarga haqiqiy beysbolni tushunish qiyin bo’ldi. Shunga qaramasdan hamma katta qiziqish bildirib, beysbol o’yin qoidasi haqida savollar berishdi. Ko’pchilik o’ynab ko’rish istagini bildirib, ishtirokchilar orasida bu o’yinga qiziqish uyg’ondi deb o’ylaymiz.

Mashq paytida ishtirokchilar beysbol qo’lqopini kiyib ko’rish va to’p ilishni mashq qilib ko’rish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Avvaliga yangi sport turiga ko’nikish oson bo’lmadi, shunga qaramasdan barcha uchun mazmunli o’tdi.

Tadbir so’ngida ishtirokchilar yana bir bor mashq uchun beysbol qo’lqopi va to’pini so’radilar, shu orqali O’zbekistonda ham beysbolga qiziqish oshsa ajab emas.

Beysbol amjomlari ko’p bo’lmaganligi sababli, maydonning ikkinchi yarmida estafeta o’tkazildi. Unda ishtirokchilar to’p bilan yugurish, aylana va arqonda mashqlar va tezlikka qaratilgan mashqlarda vaqtni chog’ o’tkazdilar.

Ishtirokchilar va ko’ngillilar yordamida biz qiziqarli tadbir o’tkazishga muyassar bo’ldik. Hammaga raxmat!  

< >
<
>