1- Yapon kinofestivali

23 - 26 oktabr kunlari O'zbekiston-Yaponiya Markazida "1- Yapon kinofestivali" haftaligi bo'lib o'tdi. 

Festival 4 kun davom etdi. 

 

Birinchi kunda drama janridagi «青空エール/ Musaffo osmon» - 2016 y. taqdim etildi.          

Film tavsifi: Tsubasa - beysbol jamoasi bilan mashhur bo'lgan Shirato maktabining o'quvchisi. 

U yerda qiz qachonlardir beysbol musobaqasida ko'rgan yigit, Yamada Daisukeni uchratadi. 

 

Ikkinchi kun – Biografik film - «聖の青春/  Kelajakka qadam» - 2016 y.           

                                  Taqdirlangan: Yaponiya akademiyasi nominatsiyasida

                                                        «Eng yaxshi ikkinchi darajali erkak roli»,

                                                        «Qoyilmaqon ijro etilgan bosh erkak roli» nominatsiyalari bo'yicha.

 

Uchinchi kun – Fantastika / Drama - «紅の豚 / Porko Rosso» - 1992 y.            

Film tavsifi:

Multfilm Miyazaki qisqa mangasi asosida olingan bo'lib, to'ng'izlar orasida mahoratli odam bo'lish qanchalik qiyin ekanligi haqida. Ayniqsa to'ng'izlar uning o'zini odamlar orasidagi to'ng'iz deb bilgan taqdirda.

 

To'rtinchi kun – Drama – «ビリギャル / Vijdonli» - 2015 y.

Film real voqea asosida olingan bo'lib, ko'rsatkichlari yomon bo'lgan maktab o'quvchisi Sayaka (Arimura Kasumi) haqida. U kalta yubka kiyib, doim sochini och ranglarga bo'yaydi. Bilimi esa boshlang'ich maktabning to'rtinchi sinfiga o'quvchisi bilimiga barobar. Yozgi ta'til vaqtida Sayaka shaxsiy maktabga, bilimini oshirish uchun qatnaydi. U yerdagi o'qituvchisi Tsubota (Ito Atsushi) sharofati bilan eski odatlaridan voz kechadi va o'ziga ishongan holda muntazam shug'ullana boshlaydi. Natijada Sayaka Keio universitetiga kiradi. 

Taqdirlangan: Yaponiya akademiyasi premiyasida «Yil yangiligi» nominatsiyasi bo'yicha.

 

To'rt kun ichida festivalga 110 ta tomoshabin tashrif buyurdi.

 

< >
<
>