“YAPONIYADA TA’LIM 2017” KO’RGAZMASI

YAPONIYADA TALIM 2017” KORGAZMASI MUVAFFAQIYATLI O’TDI. 

 2017 yil 6 noyabr kuni Toshkentda O’zbekiston-Yaponiya Markazi Nagoya Universitetining O’zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda navbatdagi “Yaponiyada ta’lim” ko’rgazmasini o’tkazdilar. Qatnashuvchilar orasida 10 ta – rekord ko’rsatkich bilan, quyidagi Universitetlar ishtirok etdilar:  

  • Yaponiya Xalqaro Universiteti
  • Nagoya Universiteti
  • Nagoya Iqtisodiyot Universiteti
  • Nanzan Universiteti
  • Tokyo qishloq xo’jaligi va texnologiyalari Universiteti
  • Rishsho Universiteti
  • Osiyo-Tinchokean Universiteti
  • Toyo Universiteti
  • Tsukuba Universiteti
  • Yamanashi Gakuin Universiteti

Ertalabki soat 10 dan boshlab yopilishiga qadar tashrif buyuruvchilar soni tugamadi. Jami 751 kishi tashrif buyurdi va bu Yaponiyadagi ta’limga kata qiziqish borligidan dalolat beradi.

   O’tgan yillardagi bilan solishtirganda ko’rgazmaning 3 ta asosiy o’ziga xosligini aytadigan bo’lsak:

1)    10 ta Universitetdan 5 tasi ko’rgazmada birinchi bor ishtirok etdi. O’qituvchilardan biri – “Biz Universitetimizni O’zbekistonda unchalik e’lon qilmaganmiz, ammo bir necha kishi bizga topshirdi. Bu bizning O’zbekistondagi kelgusi ishlarimizga turtki bo’ldi” – deb aytdi. Aytishimiz mumkinki, O’zbekistondan talabalarni jalb qilish ortib bormoqda.  

2)   O’tgan yillardagi bilan solishtirganda, bu yili talabalar Universitet vakillarining tanishtiruv ma’ruzalarini  qunt bilan tingladilar. Vakillardan 2tasi O’zbekiston fuqarosi bo’lib, Yaponiyadagi ta’lim va ishdagi tajribalari bilan bo’lishdilar. Bu, o’z hamyurtlarining yutug’idan ilhomlangan talabalar uchun juda foydali.

3)    Yaponiyada magistratura va doktorantura darajasida ta’lim olishga qiziquvchilar soni ortdi. Anglashimizcha bu O’zbekistonning yangi davlat boshqarmasining chet elda o’qishni qo’llab-quvvatlayotgani bilan bog’liq.

Biz o’ylaymizki, O’zbekiston-Yaponiya Markazi kelgusida ham Yaponiya va O’zbekiston o’rtasida ta’lim yo’nalishidagi aloqalarining mustahkamlanishida hissa qo’shadi.      

< >
<
>