Yapon tilining onomatopik so'zlari darsi

17 noyabr kuni O’zbekiston - Yaponiya Markazida ajoyib bo’lgan Yapon tilining onomatopik so'zlari darsi bo’lib o’tdi. Ajoyibligi esa shundaki, darsni ajoyib sensei olib bordi. Sawai sensei, JICA ning ko’ngillilari programmasida kelgan bo’lib, Sharqshunoslik instituti qoshidagi akademik litseyida yapon tilidan dars beradi. Va bu darsni ataylab O’zbekiston-Yaponiya Markazi ishtirokchilari uchun tashkillashtirdi.

Ishtirokchilarga juda yoqdi, hamma faol qatnashdi. O’ylaymizki, ushbu darsdan so’ng ularga mangani yapon tilida o’qish yanada qiziqroq bo’ladi, shuningdek ular yapon tilida so’zlashuv bilimlarini yanada boyita oldilar.

< >
<
>