"Yaponiyada Yangi yil va Rojdestvo bayrami" mavzusida taqdimot

  19 dekabr kuni “Yaponiyada Rojdestvo va Yangi yil” mavzusida taqdimot muvaffaqiyatli o’tdi. Tashrif buyurganlar bayram oldi kayfiyatiga cho’lg’anib, Yaponiyada Yangi yil va Rojdestvo bayramlarini nishonlashning o’ziga hos tomonlari va odatlari haqida ma’lumotga ega bo’ldilar. Ba’zilaridan misol keltirsak: Yaponiyada Rojdestvo bayramining taomi odat bo’yicha kurka emas, qovurilgan tovuq; O-shyogatsu – yapon tilidan Yangi yil kun chiqar mamlakat aholisi uchun faqatgina sevimli bayram emas, balki eng muhim bayram hisoblanadi; Yaponiyada Qorbobo Shyogatsusan deb ataladi, u sovg’alar berib, bayramda bolalarni hursand qiladi; Yangi yil oldi eng muhim tayyorgarligi –kelayotgan yil burji rasmi tushurilgan tabriknomalarini, ya’ni nengajo yuborish hisoblanadi; Yaponiyada uyni majnuntol gulidan tayyorlangan buket yoki “mochi” osilgan bambuk shoxlari bilan bezatish odati bor. “Mochi” – guruch unidan tayyorlangan kulcha bo’lib, qush, baliq, gul kabi shakllar beriladi. Shu kabi kompozitsiya “Mochibana” deb ataladi va Yangi yilda Toshigami hudosi uyga tashrif buyurib, uy egalari haqida qayg’urishni unutmasligi uchun ko’rinarli qilib bezatiladi; Xatsuyume (yap. 初夢tarjimasi “Birinchi tush”) – yangi yilda ko’rilgan birinchi tush, yaponlar uni kelayotgan yilda kishining taqdirini belgilaydi deb ishonadilar.  

 

  TaqdimotniToshkent Davlat Sharqshunoslik Instituti, hamda O'zbekiston-Yaponiya Markazi yapon tili kurslari bitiruvchisi - Shomaksudova Mahsuma olib bordilar. 

 

< >
<
>