"Aikido" taqdimoti

 2018 yil 29 yanvar kuni O'zbekiston-Yaponiya Markazida "Aikido" taqdimoti muvaffaqiyatli o'tdi. Aikido bo'yicha 4 dan sohibi, janob Hirahata Toshihiro boshchiligida, tinglovchilar ushbu o'zgacha bo'lgan jang san'ati kelib chiqish tarixi, uning chuqur falasafasi haqida bilib oldilar, hamda Aikido texnikasining ishlatilishini amaliyotda ko'rish imkoniyatiga ega bo'ldilar.